21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,6 °C

Madaniyat
22 Aprel  2019 1101

Movarounnahr ulamolari ijodiga oid qo‘lyozmalar katalogi yaratiladi

Xalqaro islom akademiyasi bu borada samarali hamkorlikka erishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Istanbul shahrida “Sulaymoniya” kutubxonasi rahbariyati bilan uchrashdi. Turkiyaning  “Sulaymoniya” kutubxonasi bilan Movarounnahr ulamolari ijodiga mansub qo‘lyozmalarning katalogini yaratishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Sulaymoniya” kutubxonasi – Turkiyaning Istanbul shahrida 1557 yilda qurib bitkazilgan Sulaymoniya majmuasining tarkibiy qismidir. Dunyodagi eng yirik kutubxonalardan biri sifatida e’tirof etilgan bu dargohda VIII–XIX asrlarga oid 73 mingga yaqin hujjat va qo‘lyozmalar, 50 mingdan ortiq bosma kitoblar va boshqa ma’rifiy, ma’naviy, madaniy boyliklar saqlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech