22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,4 °C

Xavfsizlik
11 Oktyabr  2019 302

Moskva viloyatidagi o‘rmondan O‘zbekiston fuqarosi jasadi topildi

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra 8 oktyabr kuni Moskva viloyati Lyuberets tumani hududidagi o‘rmondan O‘zbekiston fuqarosi X.B.ning jasadi topilgan, deb xabar qiladi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Avvalroq, 2 oktyabr kuni “Tomilinsk elektron zavodi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi” MChJning obektlaridan birida devor qulashi natijasida hamyurtimiz vafot etgani va tashkilot rahbarlari mazkur holatni yashirishga urinayotgani to‘g‘risida ma'lumot olib, Elchixona huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy murojaat qilgan hamda bosh konsul Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Vakolatxonasi rahbari bilan birgalikda voqyea joyiga borgan edi.

Tergov organlari qidiruv amaliyotlarini olib borganda marhumning jasadi ob'ektdan 5 km uzoqlikdan topilgan.

Ayni paytda tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan hamda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarini hal qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech