16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,6 °C

Kеyingi avlod
17 Sentyabr  2019 765

14 nafar yosh olim Germaniya tadqiqot institutlarida malaka oshiradi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Germaniyaning ta’lim va tadqiqotlar bo‘yicha federativ vazirligi bilan hamkorlikda 14 nafar puxta tadqiqot rejasiga ega o‘zbekistonlik yosh olimlarni Germaniya tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirishlari uchun saralab oldi.

2019-yilning 31-avgustiga qadar 86 nafar nomzod ushbu dasturga qiziqish bildirib, onlayn ariza topshirdi. Arizalar Innovatsion rivojlanish vazirining germaniyalik yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xayns boshchilik qilgan, vazirlik mutasaddi xodimlaridan tashkil topgan komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi va tanlov mezonlari asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra quyidagi 22 nafar yosh olim tanlovning ikkinchi bosqichiga taklif qilindi va suhbatdan o‘tkazildi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi yosh olimlarga Germaniya tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirishlari uchun grant dasturi bo‘yicha yo‘llanma berildi.

Saralash bosqichi finalchilari ro‘yxati bilan saytda tanishish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech