27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Mamlakatimizda
23 May  2019 451

Moliya vazirligi tuzilmasida yangi boshqarmalar tashkil etildi

Davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ishtirok etayotgan tijorat banklarini restrukturizatsiya va isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4325, 21.05.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi zimmasiga davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklandi.

Vazirlik tuzilmasida Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilg‘i-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi negizida Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish bosh boshqarmasi hamda vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy shtat birliklari doirasida Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.

Shunga ko‘ra, Moliya vazirligi:

- davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish, shu jumladan davlat korxonalari, xo‘jalik birlashmalarining xo‘jalik va boshqarish funksiyalarini ajratish orqali ularni restrukturizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish masalalarida vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda tijorat banklarida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutib, ularni boshqarish, isloh qilish va samarali egalik qilishni ta'minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech