20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Xalqaro munosabatlar
5 Mart  2019 3142

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Tolibon” harakati rahbariyati bilan uchrashdi

Doha shahrida (Qatar) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund bilan amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

 

Mulla Barodar Axund O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashishga qaratilgan siyosatini yuqori baholadi. U o‘tgan yilning mart oyida o‘tkazilgan hamda afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarning faollashishiga kuchli turtki bergan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi ahamiyati va yakunlarini ham alohida ta’kidladi.

Bundan tashqari “Tolibon” harakati rahbariyati vakili transport, energetika va ta’lim sohalaridagi muhim iqtisodiy loyihalarni Afg‘onistonda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslarini ijobiy baholadi. Uning alohida qayd etishicha, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda to‘laqonli siyosiy jarayon boshlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Natijada Afg‘oniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida “ishonch va hamkorlik ko‘prigi” bo‘lishi mumkin.

Mulla Barodar Afg‘onistonda tinchlik jarayonini yanada taraqqiy ettirish borasida O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.

http://pv.uz/oz/news/tags">

A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Undefined offset: 0

Filename: pages/news_view.php

Line Number: 87

A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Trying to get property of non-object

Filename: pages/news_view.php

Line Number: 87

  • O‘xshash yangiliklar

    Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech