23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,8 °C

Sport
19 Avgust  2019 500

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Bugun MOQda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala assotsiatsiyaning amaldagi raisi Ulug‘bek Mirhaydarovning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha yozgan arizasini ko‘rib chiqish va uning o‘rniga yangi rahbar saylash bo‘ldi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Yig‘ilish davomida dastlab U.Mirhaydarov arizasi ko‘rib chiqildi. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan uning iste'fosini qabul qilishdi.

Shundan so‘ng MOQ vitse-prezidenti Aziz Komilov so‘zga chiqib, assotsiatsiya rahbarligi uchun shu paytgacha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjaev nomzodini ilgari surdi va yig‘ilganlarga nomzod haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tdi. Ovoz berish jarayonida barcha bir ovozdan yangi nomzodni ma'qulladi va Muxtorxon Tashxodjaev O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasiga yangi rahbar etib saylandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech