22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Harbiy
30 Sentyabr  2019 687

Milliy gvardiya sportchilari munosib rag‘batlantirildilar

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida munosib ishtirok etib O‘zbekiston terma jamoasining umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritishida o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan bokschilar va bir qator sportchilar taqdirlandi, deb xabar qiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Bobo-Usmon Baturovlar hamda bir qator xalqaro musobaqalar g‘olibi Murodjon Axmadaliev va Qozog‘iston Respublikasining Nur-sulton shahrida bo‘lib o‘tgan yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon saralash musobaqasida “Tokio-2020” olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘lgan Elmurat Tasmuradovlarga navbatdagi harbiy unvon hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, bokschilarni tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan murabbiy Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi katta o‘qituvchisi Elshod Rasulov ham Milliy gvardiya qo‘mondonining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech