23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,8 °C

Harbiy
24 Iyul  2019 650

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ularning oila a'zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 23-25-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent viloyatida joylashgan bo‘linmasi harbiy xizmatchilari va ularning oila a'zolari uchun uch kunlik maxsus tibbiy ko‘rik tashkil etildi, deb xabar beradi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

“Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila a'zolari uchun tashkillashtirilgan tibbiy ko‘rik davomida hyech qanday xavfli kasalliklar aniqlangani yo‘q. Tekshiruv mobaynida agar fuqarolarning sog‘lig‘ida salbiy tashxislar aniqlanadigan bo‘lsa, ularga o‘z turar joyi bo‘yicha davolanishlari uchun yo‘llanmalar taqdim etiladi” – deydi umumiy amaliyot shifokori M.Parmonqulova.

Yunusobod tumani ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasining bir qator shifokorlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘rikda ayollar, bolalar va harbiy xizmatchilar okulist, lor, dermatolog, pediatr, ortoped kabi 15 ta mutaxassislik bo‘yicha tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech