20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,3 °C

Madaniyat
23 Sentyabr  2019 407

Milliy arxeologiya markazi tashkil etildi

Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (21.09.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

- Fanlar akademiyasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Milliy arxeologiya markazi;

- Arxeologik tadqiqotlar instituti negizida Ya.G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti.

Markazning asosiy vazifalaridan biri arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yo‘naltirish va arxeologik izlanishlarda zamonaviy tadqiqot uslublarini keng qo‘llashdan iborat.

- Qarorga ko‘ra, ochiq osmon ostidagi muzeylarda va arxeologiya namoyishi ob'ektlarida davlat-xususiy sheriklik shartlarida:

- tashrif buyuruvchilarga kirish chiptalari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sotiladi;

- milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdo shaxobchalari, shu jumladan ularni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etiladi;

- zamonaviy sanitariya-gigiena shaxobchalari tashkil etiladi.

2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marta Namangan viloyatida Axsikent yodgorligi asosida keng xalq ommasiga tarix bilimini targ‘ib etish hamda turizmni rivojlantirish maqsadida “O‘tmishga sayohat” xalqaro tarixiy-madaniy festival o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech