23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Xavfsizlik
23 Sentyabr  2019 421

Izboskanda mikroqarz olgan o‘qituvchilarga pul o‘rniga noutbuk berildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, ATB «Agrobank» Izboskan filiali Front-ofisining bo‘limi boshlig‘i J.X., tomonidan firibgarlik qilingani aniqlandi, deb xabar beradi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Gap shundaki, tumandagi maktablarning o‘qituvchilariga yillik mikroqarz krediti ajratish uchun soxta kredit hujjatlari tuzilgan. Ushbu hujjatlar asosida 245 nafar o‘qituvchilarning har biriga naqd pulda 3 mln. so‘mdan jami 735 mln. so‘m mikroqarz ajratilishiga va pullarni bank kassasidan yechib olinishini uyushtirgan. Ammo ushbu pullarni o‘qituvchilarga berish o‘rniga «Lenovo» rusumli noutbuklarni berganligi ma'lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech