20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Xavfsizlik
24 Aprel  2019 1124

TIV: Shri-Lankadagi portlashlardan jabr ko‘rganlar orasida yurtdoshlarimiz yo‘q

TIV Konsullik-huquqiy departamentining xabar qilishicha, 2019-yilning 21-aprelida Shri-Lankada sodir etilgan qator portlashlardan jabr ko‘rganlar ichida o‘zbekistonlik fuqarolar yo‘q.

Shu bilan birga, Hindistondagi O‘zbekiston elchixonasi Shri-Lankadagi mos xizmatlar bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi. Sababi portlashlardan so‘ng qurbon bo‘lganlarni tanib olish ishlari hali davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pasxa bayramini nishonlash chog‘ida sodir etilgan qator portlashlardan so‘ng kamida 300 kishi halok bo‘lgan.

Ushbu mamlakatdagi qator portlashlar natijasida qurbonlar ko‘p bo‘lgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shri-Lanka prezidenti Maytripal Srisenaga hamdardlik bildirdi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech