18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,7 °C

Hukumat
24 Aprel  2019 1068

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Prezidentligi uchun o‘tgan saylovlarda ishonchli g‘alaba qozongani bilan tabrikladi, deb xabar tarqatdi Tashqi ishlar vazirligi.

“Ishonchim komilki, an’anaviy do‘stlik, o‘zaro manfaatli hamkorlik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston - Ukraina munosabatlari bundan buyon ham mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib, mustahkamlanib boraveradi”, – deyiladi davlatimiz rahbarining qutlovida.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘liq, davlat rahbari sifatidagi faoliyatida farovonlik va muvaffaqiyatlar, do‘stona Ukraina xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech