21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Sport
4 Iyul  2019 284

Messi Amerika Kubogida hakamlar ishini tanqid qildi

Amerika Kubogining yarim finalida Braziliya 2:0 hisobida Argentinani mag‘lubiyatga uchratgandan so‘ng janjal boshlandi. Argentinaliklar hakamlar ishidan norozi bo‘lishdi, hatto, Lionel Messi ham bu mavzuda omma oldida gapirdi. Uning aytishicha, hakamlar braziliyaliklarga yon bosgan.

Argentinaliklar bosh murabbiyi Lionel Skaloni ham olovga moy sepdi, u o‘yindan keyin shunday dedi: «Braziliya ikkinchi golini urganda, futbolchilarimizdan biri maydonda yotgandi. Biz hushtakni ham  eshitdik. Hakamlikni muhokama qilishni istamaymanu lekin referining ishi menga yoqmadi. Aynan, Argentina terma jamoasi finalga chiqishga loyiq edi».

Ikkinchi taymda Serxio Agueroga nisbatan qoida buzilib, penalti belgilanmaganini hatto, Messi ham tanqid ostiga oldi. https://rg.ru/2019/07/03/messi-raskritikoval-rabotu-sudej-na-kubke-ameriki.html 

«Braziliyaliklar bizdan hyech narsa bilan ustun emasdi, – deydi Messi. – O‘yindagi ikkinchi golni ular jarima maydonchasida Agueroga nisbatan qo‘pollik ishlatilganidan so‘ng urishdi, hakam esa penalti belgilamadi. Ajablanarlisi, hakam biror marta ham VAR tizimidan foydalanmadi. Kartochkalar braziliyaliklarga emas, balki bizlarga ko‘tarilaverdi. Bu bema'nilik o‘yinimizga salbiy ta'sir qildi. Hakam o‘z qarorlarida adolatli bo‘lmadi. Bizda hech qanday bahona yo‘q, ammo umid qilamizki, futbol rahbariyati bu ishni ko‘rib chiqadi».

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech