16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,6 °C

Sport
27 Sentyabr  2019 553

Bektemir Meliqo‘ziev chempionlik kamari uchun ringa chiqadi

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev noyabr oyida o‘zining professional boksdagi uchinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar tarqatdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Meliqo‘ziyev 26-noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ringga ko‘tariladi. Jang WBA mintaqaviy chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi va 10 raunddan iborat bo‘ladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma'lum emas. Tez orada bu borada ham ma'lumotlar taqdim etiladi.

Ayni vaqtda Meliqo‘ziyev jangdan so‘nggi ta'til o‘tash uchun O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Oktyabr boshida u AQShga jo‘nab ketadi va jangga tayyorgarlikni Kaliforniyada davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziev so‘nggi marta 30-avgust kuni Pasadenada bo‘lib o‘tgan boks kechasida meksikalik Rikardo Luna Floresga qarshi jangda raqibini birinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech