14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Mamlakatimizda
5 Oktyabr  2019 456

“Mehrobdan chayon” romani ingliz tiliga tarjima qilindi

Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov adib tavalludining 125 yilligiga “Mehrobdan chayon” romanini o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

 

Asar tarjimasi AQShlik mutaxassis Piter Barsum tomonidan tahrir qilindi. Tez kunlarda kitobxonlarga “Mehrobdan chayon” romani ingliz tilida taqdim qilinadi.

I.To‘xtasinov o‘zbek-ingliz tarjima amaliyoti bilan shug‘ullanib, shu kunga qadar Alisher Navoiy g‘azallari, Abdulla Qodiriy, Primqul Qodirov, Odil Yoqubov, Tohir Malik romanlari hamda G‘afur G‘ulom qissalarini ingliz tiliga tarjima qilgan.

Ma'lumot uchun, ayni kunlarda yurtimizda o‘zbek adabiyotining XX asrdagi taniqli namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi keng nishonlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech