16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,5 °C

Mamlakatimizda
11 Oktyabr  2019 293

“MeHR-2”: Iroqdan 64 nafar bola yurtimizga olib kelindi

10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga binoan o‘zbekistonlik 64 nafar begunoh bola maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi, deb xabar beradi O‘zA.

Iroq davlati hukumati va YuNISeF Xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda ona Vataniga qaytarilgan bu bolalar Iroq davlati hududida og‘ir sharoitda yashayotgan edi.
“Mehr-2” insonparvarlik amaliyoti doirasida yurtimizga olib kelingan 39 o‘g‘il va 25 nafar qiz bolaning orasida 14 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan hamda 2 nafar ota-onasidan ayrilgan jajji bolalar bor.
Gumanitar amaliyot ishchi guruhi tomonidan ayni paytda turli xalqaro terroristik tashkilotlarga a'zo bo‘lib, o‘zga davlatlar fuqarolari tinchligi va osoyishtaligiga tahdid solgani uchun Iroq davlatida 10-20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollar bilan tegishli suhbatlar o‘tkazildi va farzandlarini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ularning roziligi olingan.
Endi ularning bolalari barcha qulayliklarga ega sog‘lomlashtirish muassasasiga joylashtiriladi. Mutaxassislar ularga har tomonlama tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatadi. Bolalar uchun issiq ovqat tashkil etilib, yangi kiyim-kechak bilan ta'minlanadi.
Ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, homiylar va vasiylarga biriktirish, bog‘cha, maktabga joylashtirish masalalari ham hal etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech