21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Xavfsizlik
5 Iyul  2019 613

Masjiddan o‘g‘irlab ketilgan velosiped joyiga tashlab ketilgani ma'lum bo‘ldi

Andijondagi masjidlarning biridan velosiped o‘g‘irlab ketilgani tasvirlangan video o‘rganib chiqildi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqda Andijondagi masjidlarning biridan velosiped o‘g‘irlab ketilgani haqidagi video Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

2019-yil 24-iyun kuni Andijon shahrida yashovchi M.O. ariza bilan Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilib, shu yil 23-iyun kuni soat taxminan 12:30larda Andijon shahrining Shahrixon ko‘chasida joylashgan “Xoliq berdi boy” jom'e masjidiga peshin namozini o‘qish maqsadida o‘ziga tegishli velosipedni boshqarib borganligini, masjiddan chiqqan vaqtida tashqarida ochiq qoldirgan velosipedni notanish bo‘lgan shaxs olib ketganligini ma'lum qilgan.

Ushbu murojaat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari jarayonida M.O.ga tegishli bo‘lgan velosipedni boshqarib ketgan noma'lum shaxs tez orada velosipedni “Xoliq berdi boy” jom'e masjidiga tashlab ketganligi aniqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech