17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Xavfsizlik
14 Mart  2019 1827

Mashinada “ko‘ngilxushlik” qilgan haydovchiga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy rusumli avtomobil haydovchisi mashina eshigini ochib, mashinadan beligacha tashqariga chiqib avtomobilni boshqargani aks etgan video tarqalgan edi.

 

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bunday “ko‘ngilxushlik” qilgan haydovchi – 22 yoshli Muhammadxo‘ja Yu. ekanligi aniqlangan. U 12-dan 13-martga o‘tar kechasi taxminan soat 2.50 da Shahrisabz ko‘chasida “KIA Optima” rusumli atvomobilda suratdagi kabi harakatlangan. Yigit O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1285-moddasi (“Transport vositalari haydovchilariga xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi”) bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech