11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,5 °C

Mamlakatimizda
12 Noyabr  2019 699

Markaziy bank xodimlari tadbirkorlar faoliyatini tekshirishga jalb etilmaydi

“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qonun bilan Markaziy bankning huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi kabi masalalar mustahkamlab qo‘yildi.

Qonunga Markaziy bank xodimlari uchun bir qator cheklov choralari kiritildi. Ya'ni, Markaziy bank xodimlariga quyidagilar taqiqlanadi:

- haq to‘lanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mustasno;

- banklar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish;

- o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma'lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni oshkor etish yoki uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab undan foydalanish.

Qonunga muvofiq, endilikda Markaziy bank xodimlarini tadbirkorlik sub'ektlarining va Qonunda belgilangan boshqa sub'ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mustaqil a'zolar Markaziy bank raisining taqdimnomasiga ko‘ra Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech