17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,4 °C

Mamlakatimizda
22 Aprel  2019 955

Maktab o‘quvchilari va mehribonlik uylariga 12 mingga yaqin kitob taqdim etildi

Yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan kitob ulashish xayrli tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Kuni kecha yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Respublikamiz bo‘ylab maktab o‘quvchilari va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga 12 mingga yaqin o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, badiiy va ilmiy, huquqiy adabiyotlar, xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘llanmalar, lug‘atlar, she'riy to‘plamlar, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalaridan iborat kitoblar jamlanmasi taqdim etildi, deb xabar Milliy gvardiya matbuot xizmati.

– Barchamizga ma'lumki, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma'naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Shu sababdan ham bu kabi tadbirlar yoshlarning ilmli, ma'naviyati yuksak, boy tafakkurga ega yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida beqiyos ahamiyatga ega, – deydi Yakkasaroy tumani 172-maktab direktori Zeboxon Ziyamuxamedova. – Albatta, yoshlarga aynan ular havas qilgan insonlar sovg‘a qilgan kitoblarning o‘rni bo‘lakcha. Shuni ishonch bilan aytamanki, Vatanimiz himoyachilari qo‘lidan qabul qilingan bu kabi bebaho sovg‘alar farzandlarimizning kamol topishida o‘z hissasini qo‘shadi.

Aytish mumkinki, ushbu ezgu tashabbus bolalarning kitob o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi, mehrini yanada oshirish bilan birga yosh kitobxonlar safining kengayishiga va navqiron avlodning ma'naviy dunyoqarashi yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech