20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Xavfsizlik
13 Sentyabr  2019 1425

Farg‘onada fuqaro Makarov pistoletini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, 2019-yilning 7-sentyabr kuni Farg‘ona viloyatida fuqaro pistolet sotayotgan vaqda ushlangan, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida 59 yoshli S.A. bir dona 1954-yilda ishlab chiqarilgan Makarov pistoletini o‘qlarsiz sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech