05 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Hukumat
28 Dekabr  2018 2368

“Mahalla posboni” lavozimi tugatiladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Murojaatnomada xalqimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquq-buzarliklarning barvaqt oldini olishdagi ishlar haqida so‘z yuritdi.

“Joriy yilda ushbu yo‘nalishda ko‘pgina ishlar qilindi... 2018 yilda 3 ming 205 ta mahallada bironta ham jinoyat sodir etilmagani ham bu ishlarimiz natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin, xotirjamlikka berilishga hali erta. Odamlar tinch va bexavotir yashashi uchun mana shunday muhit, ya’ni, jinoyatdan xoli muhit butun mamlakatimizni qamrab olishi shart.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan ishlarga e’tibor qaratdi.

Murojaatnomada keltirilishicha, profilaktika inspektorlari uchun 6 yarim mingdan ziyod xizmat uylari, 1 ming 100 ta shaxsiy uy-joy, 7 mingta shaxsiy avtomobil berilgan. Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlari uchun ham 1 ming 800 ta uy-joy qurilmoqda.

Prezidentimiz tizimda eskirgan va samarasiz boshqaruv usulidan voz kechish zarurligi haqida to‘xtalib, kelgusidagi vazifalar haqida ham so‘z yuritdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech