22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Turizm
16 Yanvar  2019 1904

«Lonely Planet» O‘zbekistonni borib ko‘rishga chaqirmoqda

«Lonely Planet» – dunyodagi eng nufuzli yo‘lko‘rsatkich hisoblanadi. U o‘z saytida «Its simpler to visit Uzbekistan with a new visa-free scheme» («O‘zbekistonga yangi vizasiz sxemada tashrif buyurish osonlashdi»), deya mamlakatimizda viza rejimini soddalashtirishga bag‘ishlangan axborotni elon qildi.

 

Eslatmada bunday sxemaning qulayligini Yevropa davlatlari, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanadalar bilan qo‘shib, jami 45 mamlakatda baho berishlari mumkin. Elektron viza olish imkoniyati ham mavjudligi keltiriladi.

Muallif Megan Ivs shunday yozadi: «So‘nggi ikki yil ichida O‘zbekiston turistik yo‘nalishda o‘z pozitsiyasini mustahkamlab oldi. Mamlakat Ipak yo‘li chorrahalaridan birida joylashgan, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy markazlarga ega...»

Shuningdek, «Lonely Planet» transport tizimi – Toshkent, Samarqand va Buxoroni birlashtiruvchi tezyurar temiryo‘l tarmog‘iga ham e’tibor qaratishni tavsiya etadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech