20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,3 °C

Dolzarb
1 Fevral  2019 1900

Izlanishlar Samarqand haqidagi afsonalarni yo‘qqa chiqardimi?

Kulturologia.ru veb-portali o‘quvchilar etiboriga qadimiy shahar haqidagi qiziqarli dalillarni keltirdi. Xo‘sh, nimaga ishonish kerak? Bu savolga esa mualliflar ham javob qidirgan.

Samarqand – turli afsona-yu, sinoatlarga boy qadimiy shahar. Nashrda keltirilishicha, u kamida 3 ming yoshda. Maqolada Amir Temur qabrining ochilishi tarixi ham keltiriladi va go‘yoki shundan so‘ng ikkinchi jahon urushi boshlanib ketgan emish...

To‘g‘ri, Samarqand, so‘zsiz, qadimiy shaharlardan biri. Ammo uning haqiqiy yoshi hozirga qadar aniqlanmagan. So‘nggi arxelologik ma'lumotlarga qaraganda, Samarqandga eramizdan avvalgi VIII asrda So‘g‘diyona hududining markazi sifatida asos solingan. Zardushtiylarning muqaddas «Avesto» kitobidagi ma'lumotda esa eramizdan oldingi V asrda So‘g‘diyona dehqonchilik bilan mashg‘ul aholisi ko‘p va zich yashagan hudud bo‘lgani keltiriladi. Maqolada xuddi shunday ma'lumot yunon solnomachilari va rimlik biograflar tomonidan ham keltirilgani aytiladi. Shuningdek, «Samarqand necha yoshda: 2750 dami yoki 4500da?» savoliga ham javob izlangan.

Boshqa, nima uchun Samarqand nonlari betakror va boshqa joylarnikiga o‘xshamaydi, degan savol esa, garchi mualliflar haqiqatga yaqin borishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, baribir ochiq qolgan. Bugun Samarqand nonlarini tayyorlash siri dunyoning ko‘plab pazandalari uchun o‘rganish mavzusiga aylangan. Ularning ta'mi va hidi betakror, yuqori namlik va 400-800 daraja yuqori haroratda tez pishib chiqadi. Bu nonning dumaloqligini quyoshga mengzashadi. Nonlar yuzasiga chakich va chiziqlar, sedana yordamida naqsh beriladi. Bu bir vaqtning o‘zida yuqori sifatli non va pazandalik san'ati numunasidir hamda o‘ziga xos madaniyatni anglatuvchi o‘zbekona sifat belgisidir hamdir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech