14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,2 °C

Salomatlik
2 Oktyabr  2019 761

Kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (27.09.2019 y.).

Qaror bilan, 78 turdagi kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro‘yxati hamda jinoiy harakatni tasniflashda ushbu moddalarning ko‘p miqdor ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilotlar hamda axborot vositalarining kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni sotish hamda ularning noqonuniy muomalasi bo‘yicha axborotini, dori vositalarini notibbiy maqsadlarda iste'mol qilish monitoringi natijalarini ko‘rib chiqish Ekspert guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ekspert guruhi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech