20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,1 °C

Xalqaro munosabatlar
10 Iyun  2019 865

Kristofer Allan diplomatik missiyasini yakunladi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda o‘z missiyasini yakunlagan Buyuk Britaniya hamda Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allanni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar va joriy yilgi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

10-11-iyul kunlari Londonda bo‘lib o‘tadigan Ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha birinchi Global konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida vazir Kristofer Allanga elchi sifatidagi sa’y-harakatlari va samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.

U esa Buyuk Britaniya diplomatik missiyasi rahbari vazifasini samarali bajarishiga ko‘maklashgani uchun O‘zbekiston va TIV rahbariyatiga o‘z minnatdorligini izhor etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech