18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Mamlakatimizda
4 Oktyabr  2019 735

Ko‘zbo‘yamachilik qilib bo‘yalgan “Lacetti” muammosi

Avtomashinani pardozlash, unga rang berish juda mas'uliyatli va yuksak didni talab etadigan ish. Mashinangizni rangini o‘zgartirish, tashqi ko‘rinishini to‘g‘rilash yoki yangilashga topshirib, qabul qilishda, kutganingizdanda zo‘rligini ko‘rib qoyil qolish yoki jig‘ibiyron bo‘lishingiz ustaning mahoratiga bog‘liq.

Buxorolik S.Sherovda ikkinchi holat yuz berdi. “Lacetti” avtomobilini bo‘yashga bergan iste'molchining fig‘oni ustalarning chala-chulpa ishidan falakka yaiqdi.

Buxoro shahrida joylashgan YaTT G‘. Yunusovga qarashli avtomobillarga xizmat ko‘rsatish servisiga mashinasini bo‘yashni ishonib topshirgan qaxramonimiz hali xizmat ko‘rsatilmasidan 3,5 mln. so‘m to‘lovni amalga oshirgandi. Mashinasining sifatsiz bo‘yalganidan norozi bo‘lgan S.Sherov tadbirkordan pulni qaytarib berishini talab qildi. Ammo rad javobini olgach, uning xuquqlarini himoyalaydigan tashkilot borligini eslab qoladi. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga muammosi yechilishini so‘rab murojaat qiladi. Federatsiya xodimlari tomonidan holat o‘rganilib, tadbirkorga iste'molchi haq-huquqlarining qonuniy ximoyalanishi va S.Sherovning da'vosi o‘rinli ekanligi tushuntirilib, 3 mln. so‘m to‘lov iste'molchiga qaytarildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech