24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Bilasizmi?
27 Iyun  2019 497

Kosmonavtning XKSda «Fedor» robotini qanday boshqarishi siri oshkor etildi

Iyul oyi oxirida XKSga boradigan antropomorf robot «Fyodor» maxsus kiyim orqali boshqariladi. Hozirda kosmonavt Aleksandr Skvorsov buni mashq qilib, tajribaga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar beradi RAA «Novosti».

Rossiyalik kosmonavt XKSga 20-iyulda boradi. Hozirda u nafaqat parvozga tayyorgarlik ko‘rmoqda, balki «Fedor» robotining muqobillari — robototexnika kompleksi harakatlarini boshqarishni o‘zlashtirmoqda. Buning uchun maxsus kiyim ishlab chiqilgan bo‘lib, u insonning harakatlarini aniqlaydi va ularni robot datchiklariga uzatadi.

«Tajriba XKSga parvoz paytida Skvorsovga juda asqotadi, chunki astronavt stansiya sharoitida «Fedor» robotini boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkazishi kerak», deydi raketa va kosmik sohasidagi manba.

«Fedor» bir oy o‘tgach, 22-avgustda «Soyuz MS-14» uchuvchisiz apparatida kosmik stansiyaga yetib boradi. Robot ulangandan keyin XKSning rus segmentiga yetkaziladi. Bu vaqt ichida robot elektr ta’minotini «Soyuz» yoki stansiya elektr tizimlari kabellaridan emas, balki akkumulyatorlardan olib turadi.

Hozirda «Fedor» bajarishi kerak bo‘lgan vazifalar rejasi ishlab chiqilmoqda. Buning uchun oldindan 12 ta maqsad belgilangandi, ammo yakuniy dasturga insonning harakatlarini takrorlaydigan robotning faqat 4-6 ta vazifani bajarishi kiritildi.

«Fedor» (FEDOR — Final Experimental Demonstration Object Research) — bu robot-qutqaruvchi sifatida yaratilgan birinchi apparat. U dunyoda birinchi bo‘lib «shpagat»ga o‘tirishni, shuningdek, ikkala qo‘lda otishni o‘rgandi.

Istiqbolda «Fedor» 2022-yilda Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan «Soyuz-5» yetkazuvchi raketasida uchiriladigan yangi boshqariladigan «Federatsiya» kosmik kemasini sinovdan o‘tkazishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech