
Mamlakatimizda
11
Iyun 2019
1455
Qo‘qon shahriga Google Maps rahbari Djen Fitspatrik tashrif buyuradi
Stendford universitetini tamomlagan Fitspatrik xonim Google kompaniyasida ish boshlagan birinchi ayol injenerdir. Hozirda Google xaritalari dasturi rahbari lavozimida ishlayotgan Fitspatrik Qo‘qon shahar tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishmoqchi.
U nafaqat tarixiy obidalar bilan tanishishi, balki ularni tezlik bilan Google xaritalariga kiritilishiga yordam berishi kutilmoqda.
Barcha tarixiy obidalar va ularga olib boradigan marshrutlarning Google xaritalariga kiritilishi Xalqaro hunarmandchilik festivali kunlari va undan keyin ham sayyohlarning Google geolokatsiya dasturi yordamida manziliga osonlik bilan yetib borishiga xizmat qiladi.