16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,3 °C

Bilasizmi?
4 Iyul  2019 654

Koinot haqidagi fikrlarni rad etuvchi signal tutildi

Kaliforniya texnologiya instituti (AQSh) astronomlari FRB 190523 tez radioto‘lqini aniqlanganini ma'lum qildi. Boshqa to‘lqinlardan farqi u Somon yo‘liga o‘xshash galaktikada yuzaga kelgan. Bu ana shunday hodisa yuz berishi mumkin bo‘lgan samoviy muhitlar haqidagi tushunchalarni o‘zgartirib yuboradi, deya xabar tarqatadi «Science Alert» nashri.

Olimlarning hisob-kitobiga qaraganda, radiosignal manbai yerdan 7,9 milliard yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Ilgari olimlar tez radioto‘lqinlar faqat kuchli magnit maydoniga ega neytron yulduzlar – magnitarlar juda ko‘p to‘plangan yosh karlik galaktikalarda sodir bo‘lishi mumkin, deb hisoblardilar. Biroq yangi ma'lumotlar ushbu fikrni qayta ko‘rib chiqish kerakligini ko‘rsatmoqda.

Ilgariroq xalqaro olimlar guruhining Somon yo‘li o‘lchamiga teng keladigan ulkan galaktikada, uning markazidan 13 ming yorug‘lik yili masofada yuzaga kelgan FRB 180924 bir martalik tez radioto‘lqinini tutishgani haqida xabar berilgandi. Galaktikaning o‘ziga xos xususiyati, unda yangi yulduzlar paydo bo‘lishi jarayonlari kechmaydi.

Tez radioimpuls bir necha millisoniya davom etadi va fazoga ulkan miqdordagi energiya chiqarish bilan kechadi. Qator olimlarning fikricha, bunday to‘lqinlar halokatli hodisalar natijasida, masalan, yulduzlarning o‘lishidan, hosil bo‘lishi mumkin. Biroq ba'zi radioimpulslar vaqt o‘tishi bilan takrorlanadi. Shunday qilib, neytron yulduz deya hisoblanayotgan FRB 121102 manbai 2012 va 2015-2017-yillarda radiosignal uzatgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech