11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,5 °C

Mamlakatimizda
13 Noyabr  2019 451

Ko‘chmas mulklarni dalvat ro‘yxatidan o‘tkazishda yana bir qulaylik yaratildi

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan vakolatli idoralar bilan birgalikda ko‘chmas mulk ob'ektlarini Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk ob'ektiga nisbatan qaysi vakolatli organ tomonidan, qanday asoslarga ko‘ra taqiq yoki xatlov qo‘yilganligini aniqlash imkoniyati yaratildi, deb xabar qiladi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

Shu kunga qadar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk ob'ektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida agar ularning ko‘chmas mulkiga nisbatan taqiq yoki xatlov qo‘yilgan bo‘lsa, ular qaysi vakolatli organlar (notarius, majburiy ijro byurosi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va b.) tomonidan taqiq yoki xatlov qo‘yilganligini aniqlash imkoniyati yaratilmagan edi. Natijada ularning turli idora va tashkilotlarga birma-bir yozma ariza bilan murojaat qilishga majbur bo‘lishardi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, taqiq yoki xatlovning mavjudligi ko‘chmas mulk ob'ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilishga asos bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech