26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Bilasizmi?
29 Aprel  2019 745

Slovakiyada yovvoyi to‘ng‘izlar xazina topishga (!) ko‘maklashdi

Hammasi o‘rmonda sayr qilishga qaror qilgan bir juftlikdan boshlangan va ular o‘rmonda xazina topdilar.

Ma’lumotda keltirilishicha, uning atrofidagi yer kavlab tashlangan ekan. «The Slovak Spectator» keltirgan ma’lumotga ko‘ra, xazinani tog‘li hududdagi Likavka qishlog‘i yaqinidan topishgan.

Xazinada tilla va kumush tangalar bor edi. Eng qizig‘i, juftlik unga qo‘l ham tekkizmagan. Ular topilma haqida muzeyni xabardor etishgan. Arxeologlar yetib kelmaguncha o‘zlari xazina topilgan joydan bir qadam ham jilishmagan. Keyinchalik aniqlanishicha, xazinadagi xumda ikkita XV asr oxirlariga tegishli tilla tanga va XVI asr boshlariga taalluqli 1600 kumush venger dinori bor ekan.

«Bunga bir necha sabab bo‘lishi mumkin, – deydi Jilina yodgorliklarni himoya qilish hududiy kengashi vakili Martin Furman. – Ushbu xazina 1527-yil yoki undan sal keyinroq bekitib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Bu aftidan, o‘sha davrdagi Vengriya taxtiga ikki nomzod – Ferdinand Gabsburg va Yanosh Zapolyailar o‘rtasida avjiga chiqqan fuqarolar urushi bilan bog‘liq».

Peter Ledaj / Regional Monuments Board Zilina surati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech