19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Mamlakatimizda
26 Mart  2019 959

Kimlarga birinchi navbatda gaz yetkazib beriladi?

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (243-son, 24.03.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

 

Qonunchilikka muvofiq, gaz ta’minoti maishiy iste’molchilar, oilaviy korxonalar hamda strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilarga birinchi navbatda yetkazib beriladi.

Maishiy iste’molchilar – maishiy ehtiyoj (ovqat tayyorlash, issiq suv va isitish) uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalar ham yuqoridagi toifaga kiritildi.

Mazkur iste'molchilarga gaz maishiy iste'molchilar uchun belgilangan tariflarda  yetkazib beriladi.

Ma'lumot uchun, aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun gaz yetkazib berish 2018-yil 16-noyabrdan 320 so‘m, 2019-yil 1-iyundan 350 so‘mni tashkil etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech