11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Energetika
15 Iyul  2019 845

Yashnobodda keyingi oydan avtomatlashtirilgan tizimni o‘rnatish boshlanadi

Avgust oyidan boshlab Yashnoboddagi 71226 ta iste'molchilarning barchasiga elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni o‘rnatish ishlari boshlanadi. Bu haqda tuman elektr ta'minoti korxonasining yangi binosi ochilish marosimida aytib o‘tildi.

Yangi bino qurilib, foydalanishga topshirilishi natijasida tuman aholisi uchun elektr energetikasi ta'minoti yanada yaxshilanib, malakali mutaxassislar tomonidan iste'molchilarga eng zamonaviy texnologiyalar asosida innovatsion xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi.

Mazkur zamonaviy binoda barcha qulaylikka ega bo‘lgan xoll va zallar iste'molchilar xizmatida. Qolaversa, ro‘yxatga olish ishlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish maqsadida zamonaviy talablarga to‘la javob beruvchi uchta monitor, kutubxona hamda yuqori tezlikda ishlovchi bepul Wi-Fi tarmog‘i ham joriy qilindi. Bundan tashqari, mijozlar uchun  o‘zbek va rus tillarida sohaga oid ma'lumotlar, videoroliklar elektron tablolarda aks etib turadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech