16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Bilasizmi?
16 Sentyabr  2019 485

Kardiolog qanday uxlash kerakligini aytdi

«Yonboshlab yotish umurtqa pog‘onasiga ziyon, qorinda yotish ichaklardagi bosimni oshiradi», deydi Qrim Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatsiz bosh kardiologi Valeriy Sadovoy «Sputnik v Krыmu» radiosi efirida.

Mutaxassisning aytishicha, eng qulay yotish – chalqancha ekan. Shuningdek, «eng xavflisi, o‘tirib uxlash», deydi mutaxassis.

«O‘tirib uxlash yurak faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, ichaklardagi bosimni oshiradi va buning tromboz oqibatida shishlar paydo bo‘ladi. Bu esa venalar kengayishi va tomirlarda qonning ivib qolishi (tromboz)ga olib keladi», deydi Sadovoy.

Bundan tashqari, kardiolog kunduzgi uyquning foydasi haqida ham gapirdi. Shifokorning aytishicha, bunday hordiqdan yurak kasalliklari xavfi kamayadi va tetiklik hissi paydo bo‘ladi. Shuningdek, mutaxassis yetarlicha uxlashga e'tibor qaratishni tasviya qiladi.

«Sakkiz soatlik uyqu tavsiya etiladi va buning imkoni bor», deya xulosa qiladi shifokor.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech