21 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,6 °C

Mamlakatimizda
14 May  2019 671

20 kun o‘tmasdan nosozligi bilindi

Samarqand viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Samarqand shahrida yashovchi fuqaro Sh. Ibragimova murojaat qildi.

U o‘z murojaatida Samarqand shahridagi “Atlas”  maishiy texnikalar do‘konidan  12 mln 800 ming so‘mga zamonaviy “SMART”  televizor xarid qilganligini va 20 kun o‘tar-o‘tmas televizorning nosozligi ma'lum bo‘lganini bayon qilgan.

Servis xizmati uskuna zavoddan yaroqsiz holda chiqqan, deb xulosa bergach, haridor do‘konga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Do‘kon ma'muriyati aynan shunday rusumli televizor o‘rniga boshqa rusumdagisini taklif qildi, oradagi farqni esa to‘lab berishni rad etdi. 

Vaziyat atroflicha o‘rganilib,  iste'molchi talabi qondirildi.  Ya'ni  iste'molchiga 10 mln. 377 ming so‘mlik televizor  berildi va 1 mln. 907 ming so‘m  farq to‘liq qaytarildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech