26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36 °C

Mamlakatimizda
6 Mart  2019 1284

Kafolat  muddati tugamay...

Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Mozorkuxna” MFYda yashovchi fuqaro Abdulboqi Fayzullayev Chust shahri Chustiy ko‘chasida joylashgan yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkor N. Nurboyevga qarashli savdo dukonidan “Skayworth” rusumli televizorni 1 200 000 so‘mga xarid qiladi. Yangi mahsulotga 3 yil muddatga kafolat beriladi. Ammo oradan 6 oy o‘tib televizorning ekrani qorayib qoladi.  

 

Iste'molchi televizorni kafolat qog‘ozi bilan birga savdo do‘koniga olib boradi. Televizorni sotganlar “tashlab keting ta'mirlab beramiz”, deb olib qolishadi. Oradan bir vaqt o‘tgach ham ular televizorni tamirlatib berishmaydi. Ustiga-ustak A.Fayzullayev savdo do‘koniga qayta murojaat qilganida televizorning ekran qismini almashtirish lozimligi, buning uchun 800 000 so‘mga ekran olib berishi lozimligini aytishadi. Vaholanki, sotib olingan televizorning kafolat muddati hali tugamagan edi. Bundan jahli chiqqan A.Fayzullayev To‘raqo‘rg‘on tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga mazkur holat yuzasidan amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, kafolat muddati davomida nuqsoni aniqlangan televizor belgilangan qonunlarga asosan  tadbirkor tomonidan bepul ta'mirlatib berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech