21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,6 °C

Energetika
2 Oktyabr  2019 766

2023-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda 25 megavatt quvvatga ega GES quriladi

Osiyo taraqqiyot banki quvvati 25 megavattli gidroelektrostansiya qurish uchun 60 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit ajratilishini ma'qulladi. Bu esa O‘zbekiston hukumatiga toza energiya manbalaridan yanada kengroq foydalanish va havoga uglerod chiqishini kamaytirish hisobiga mamlakat energetika balansini diversifikatsiya qilish imkonini beradi.

«OTBning GES qurilishiga ko‘maklashishi O‘zbekistonning yanada toza va barqaror energiya kelajagini ta'minlash maqsadiga erishishiga xizmat qiladi, – deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyodagi energetika bo‘yicha mutaxassisi Seng Dak Kim. – Yuqori sifatli loyiha dizayniga kompleks yondashish, ekologiya va himoya choralari sohasidagi xalqaro amaliyot, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga bardoshlilik choralari O‘zbekistonda muqobil gidroenergetika loyihalarini rivojlantirish uchun andoza hisoblanadi».

O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya resurslariga, jumladan, gidroenergetikaga ega. Hozirgi kunga qadar mamlakatda faqat 1,9 gigavatt (GVt) yoki mavjud gidroenergetika salohiyatining 20 foizidan foydalanilgan.

Loyiha doirasida umumiy quvvati 25 MVt bo‘lgan gidroelektr stansiyalar quriladi. Jami Rabotda quvvati 6 MVt lik, Chappasuvda quvvati 8 MVt lik, Tomchisuvda quvvati 10 MVt lik elektrostansiyalar va umumiy quvvati 1 MVt lik uchta mini/mikro-gidroelektrostansiyalar quriladi. Mini/mikro GESlar suv resurslaridan, shu jumladan, suv omborlaridan yoki irrigatsiya kanallaridan ikkilamchi suvdan samarali foydalanishni ta'minlaydi hamda qishloq va chekka hududlarda muqobil elektr energiyasi manbalariga aylanishi mumkin.

Loyihaning ijro etuvchi agentligi mamlakat gidroenergetikasini 2030-yilga qadar 1600 MVt gacha oshirishga qaratilgan 2,6 mlrd dollarlik hukumat investitsiya dasturini amalga oshirishni nazorat qiluvchi markaziy idora hisoblangan «O‘zbekgidroenergo» AJdir. OTB shuningdek, loyiha davomida «O‘zbekgidroenergo»ning institutsional salohiyatini va korporativ boshqaruvini yaxshilashga ko‘maklashadi.

Loyihaning umumiy qiymati 75,3 mln dollarni tashkil etadi va 2023-yil oxiriga qadar tugallanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech