15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Mamlakatimizda
25 Mart  2019 983

“Jurnalist yolg‘on gapirdi…(mi)?” maqolasi bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligi izoh berdi

“Adolat” gazetasining 2019-yil, 15-mart, 11-sonida chop etilgan “Jurnalist yolg‘on gapirdi…(mi)?” maqolasi yuzasidan Xalq ta'limi vazirligi izohi:

 

Xalq ta'limi vazirligi darsliklarda kamchiliklar borligini hyech qachon yashirmagan va ularni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda. Joriy yilning 13-mart kuni keng jamoatchilikni ushbu jarayonga jalb etish maqsadida “Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik” mavzusida tanlov e'lon qilindi.

Muallif o‘z maqolasida 7-sinflar uchun mo‘ljallangan “O‘zbekiston tarixi” va “Istoriya Uzbekistana” darsliklarida Abu Nasr Farobiy tug‘ilgan  va vafot etgan yillarida xatoliklarni ko‘rsatgan. Shu bilan birga, muallif “O‘zbekiston tarixi” kitobining 2017-yilda chiqqan nashri va “Istoriya Uzbekistana” darsligining 2013-yilda chop etilgan, hozirda amalda foydalanilmaydigan nashrlarini solishtirgan.

Ijara asosida foydalaniladigan darsliklarining davriyligiga ko‘ra, darsliklar har 4 yilda qayta nashr etiladi. 2013-yilda chop etilgan “Istoriya Uzbekistana” 2017-yilda qayta chop etilgan hamda bu xatolik to‘g‘rilangan.

Hozirda  Vazirlikning eduportal.uz portalida 7-sinf uchun “Istoriya Uzbekistana” darsligining elektron shakli 2017-yilgi nashri bo‘lib,  yangilangan holda chop etilgan”, deya ma'lum qiladi vazirlik o‘zining veb-saytida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech