24 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Ijtimoiy hayot
5 Yanvar  2019 1217

Yuqori Chirchiq tumanida Ayollar ijtimoiy moslashuv Markazi ish boshladi

Kecha Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Ayollar ijtimoiy moslashuv Markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha mazkur Markaz (shelter) faoliyati zo‘ravonlik qurboni bo‘layotgan ayollarga ko‘mak ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.

Markazda ruhshunos, yurist, onalar va bolalar xonalari faoliyat yuritib, u yerga murojaat qilgan ayollarga malakali mutaxassislar tomonidan zaruriy yordamlar ko‘rsatiladi. Kerak bo‘lganda ayollarga kasb-hunar o‘rgatilib, ularning ijtimoiy moslashishlari uchun imkoniyat yaratiladi.

Shu kunning o‘zida Zangiota tumanida uy-joyga muhtoj, yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan ayollarga yangi uylarning kalitlari topshirildi.

Shuningdek, 4 yanvar kuni 16 ta shahar va tumanlardagi 100 nafar uy-joyga muhtoj, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga uy-joylar ajratilib, uylarning kalitlari o‘z egalariga topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech