20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,1 °C

Salomatlik
14 Fevral  2019 2144

JSST yevropa mintaqaviy byurosining oliy darajadagi sessiyalarining biriga O‘zbekiston rahbarlik qilmoqda

Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish mavzusiga bag‘ishlangan oliy darajadagi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda JSST Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo 53 davlatning sog‘liqni saqlash vazirlari, xalqaro ekspertlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Mazkur uch kunlik yig‘ilishda tibbiyot sohasida global darajadagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, favqulodda vaziyatlarda sog‘liqni saqlash samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlarni kuchaytirish hamda ijrosiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan atroflicha muhokamalar yig‘ilish ishtirokchilarida katta qiziqish o‘yg‘otmoqda.

Muhokamalar sessiyalarga bo‘lingan holda davom etdi. Jumladan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov raisligida o‘tgan yakunlovchi yalpi majlisda mintaqada salomatlikni asrash borasida 2023-yilgacha va undan keyingi rivojlanish bosqichlari keng muhokama etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech