21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12 °C

Madaniyat
25 Yanvar  2019 1838

Joriy yilning oktyabr oyida Turkiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

23-yanvar kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nazarbekov Turkiyaning Anqara shahrida Turkiya Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Axmad Xaluk Dursun bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilgan.

Muzokara chog‘ida Turkiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari hamda O‘zbekistonda Turkiya madaniyati kunlarini o‘tkazish, shuningdek, har ikki davlatda ham madaniyat markazlarini tashkil etish, madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, 2019-yilning oktyabr oyida Turkiyada O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech