16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25 °C

Xavfsizlik
10 Iyul  2019 318

Jizzaxda YHXB inspektori kaltaklandi

7-iyul kuni soat 18:30 larda Jizzax viloyati IIB YXHB inspektori O.Q. Jizzax shahar, “Eski shahar dehqon bozori” hududida xizmat vazifasini bajarayotgan vaqda fuqaro S.N. tomonidan unga urib tan jarohati yetkazilgan, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Gap shundaki, inspektor O.Q. “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisiga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda, shu yerdan o‘tib borayotgan fuqaro S.N. (1988 y.t.) mast holatda, IIB YXHB xodimlarini oldiga kelib, ularni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

IIB YXHB xodimlari uni tinchlantirmoqchi bo‘lganida, ularga qarshilik ko‘rsatib, O.Q.ning pogonini yulib olib, uni urib, bo‘yin sohasi va chap yelka qismiga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan S.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

S.N. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech