23 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,7 °C

Mamlakatimizda
4 Iyun  2019 1714

Jizzaxda tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo‘yildi

Zarbdor tumani “Mustaqallik” mahallasida yashovchi Abdusamat Asqarov oilasida bir yo‘la uch o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi, deb xabar qiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Uch egizak chaqaloqqa  ota-ona yaxshi niyatlar bilan Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlarini qo‘yishgan.

“Chaqaloqlar sog‘lom va tetik. Vazn va bo‘y me'yorda o‘smoqda. Chaqaloqlar ham, ularning onasi ham doimiy tibbiy nazoratda”, deydi hamshira Qunduz Azimova.

Shuningdek, joriy yilda Sharof Rashidov hamda Zomin tumanlarida ham uch egzaklar dunyoga kelishgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech