15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,2 °C

Xavfsizlik
1 Iyul  2019 929

Jizzax viloyatida shifokor hayotiga suiqasd qilindi

29-iyun kuni Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limi mudiriga suiqasd qilindi, deb xabar beradi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Soat 10:30 larda fuqaro J.Q. (1995 y.t.) xirurgiya bo‘limiga kelib, bo‘lim mudiri T.H. (1968 y.t.) 26.06.2019-yilda “exinokok” tashxisi bilan operatsiya qilishi natijasida 2005-yilda tug‘ilgan ukasi vafot etganligi sababli, qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan T.H.ning ko‘kragiga va qorin qismiga bir necha marta pichoq bilan urgan.

Bo‘lim shifokori B.G‘. ularni ajratib qolishi natijasida J.Q. jinoiy maqsadini oxiriga yetkaza olmasdan  voqyea joyidan qochib ketgan.

Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan malakali tibbiy yordam natijasida T.H.ning hayoti saqlanib qolingan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida J.Q. Zafarobod tumani, “Uzun” qishlog‘ida ushlanib, oshxona pichog‘i ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan o‘sha kunning o‘zida Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech