22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Mamlakatimizda
31 Iyul  2019 420

Yangiyo‘l, Kogon va Chortoq shaharlari kompleks rivojlantiriladi

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) O‘zbekistonga 100 million AQSh dollari miqdorida qarz mablag‘larini taqdim etgan.

Loyiha doirasidagi tajriba-sinov shaharlari sifatida Yangiyo‘l (Toshkent viloyati), Kogon (Buxoro viloyati) va Chortoq (Namangan viloyati) belgilangan.

Qarorga muvofiq:

- Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, XTTB qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

- loyihani amalga oshirishni umumiy muvofiqlashtirish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari ;

- Loyihani amalga oshirish uchun jalb etilgan XTTBning qarz mablag‘lari bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foizlar va vositachilik haqini to‘lashning prognoz grafigi;

- 2019-2021-yillarda mazkur loyihani amalga oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” .

Shuningdek, loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishchi komissiya tuzilib, u loyihani samarali amalga oshirish, “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni jadal ishlab chiqish va ob'ektlarni tezkorlik bilan ishga tushirishni ta'minlaydi.

Har chorakda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga loyihaning amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot kiritiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech