24 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Ijtimoiy hayot
10 Yanvar  2019 1538

Jamoat joylarda tilanchilik qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, endilikda jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab tilanchilik bilan shug‘ullanish avvaliga ma’muriy keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Bundan tashqari, energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

Bunda qonunchilikka tarkibida 150 mg/l.dan ortiq miqdorda kofein va (yoki) inson organizmiga tonusni o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdordagi boshqa komponentlar mavjud bo‘lgan ichimliklar  energetik ichimliklar hisoblanishi haqida qo‘shimcha ham kiritildi.

“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ham energetik ichimliklar reklamasiga qo‘yiladigan talablar bilan to‘ldirildi.

Xususan, bu kabi mahsulot reklamasida bunday ichimliklarni haddan ziyod iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi ogohlantirish, shuningdek, bunday ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo‘lishi kerak, energetik ichimliklar reklamasini soat 7:00 dan soat 22:00 ga qadar televidenie va radio orqali reklama qilish taqiqlandi.

Energetik ichimliklarni cheklash bilan bog‘liq normalar Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech