18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,8 °C

Sport
22 Yanvar  2019 1256

Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos Toshkentga keladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi jahonga mashhur futbol yulduzlarini O‘zbekistonga taklif qilib, bu orqali mamlakatimizda futbolni yanada ommalashtirish, rivojlantirish va yosh avlod o‘rtasida futbolga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, 28-yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo‘lgan afsonaviy himoyachi Roberto Karlos Toshkentga tashrif buyuradi, deb xabar  tarqatdi O‘FA rasmiy veb sayti.

Roberto Karlos tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o‘tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, braziliyalik futbolchi ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil qilinadi. Roberto Karlosning tashrifiga doir tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanining vaqti va bo‘lib o‘tadigan joyi keyinroq alohida e’lon qilinadi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilinadi. Roberto Karlos bu uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tushadi.

Shuningdek, tashrif davomida Roberto Karlosni o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishtirish ham rejalashtirilgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech