21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Mamlakatimizda
12 Sentyabr  2019 653

“Jaholatga qarshi ma'rifat” o‘quv qo‘llanmasi yaratildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Davlat va din” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi akademiya matbuot xizmati.

Tadbirda O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati, islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati hamda islom dinida mutaassiblik va jaholatning qoralanishi, “jaholatga qarshi ma'rifat” bilan kurashish g‘oyasining ahamiyati, ekstremizm g‘oyalari ta'siriga tushib qolgan, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish kabi bugungi kunning bir qator dolzarb masalalari ilmiy-amaliy ravishda tahlil qilindi.

Xorijiy ekspertlar, turli diniy tashkilot vakillari, dinshunos va sharqshunos olimlar ishtirok etgan tadbir doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi tomonidan puxta tahlillar asosida tayyorlangan “Jaholatga qarshi ma'rifat” o‘quv qo‘llanmasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish lozimki, mazkur qo‘llanmada millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikning mohiyati, mutaassiblik, ekstremizm hamda terrorizmning salbiy jihatlari keng qamrovli ma'lumotlar va dalillar orqali atroflicha bayon qilingan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech