19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,2 °C

Mamlakatimizda
21 Oktyabr  2019 392

Istemolchilarning haq-huquqi qaysi sohada ko‘proq buzilyapti

Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2019 yilning 9 oyligida fuqaro (iste'molchi)lardan jami 8363 ta murojaatlar kelib tushgan, deb xabar qiladi Federatsiya matbuot xizmati.

Murojaatlarning 4187 tasi og‘zaki, 2927 tasi yozma, 1249 tasi esa elektron shaklda yuborilgan. Iste'molchilar tomonidan eng ko‘p savdo sohasida 3 ming 200 dan ortiq (39,4 foiz) murojaatlar bo‘lgan.  Shuningdek, elektr ta'minoti sohasida 1098 ta,

gaz ta'minoti sohasida 710 ta, xizmat ko‘rsatishda 633 ta, suv ta'minotida 474 ta, kommunal xizmat sohasida 356 ta, aloqa (va internet) sohasida 255 ta, transport sohasida 237 ta, sog‘liqni saqlashda 152 ta va boshqa yo‘nalishlarda 1154 ta murojaat bo‘lgan.

Federatsiyaga kelib tushgan 1249 ta elektron murojaatning 1071 tasi “Prezidentga murojaat portali”, 173 tasi yagona Davlat interaktiv portali orqali Bosh prokuratura tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun yo‘llangan.

Federatsiyaning virtual qabulxonasi orqali hisobot davrida  5 dona murojaat kelib tushgan.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 7827 tasi ya'ni, 93 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga jami 8 mlrd. 768 million so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech